» » O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vladimir Salkov vafot etdi

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vladimir Salkov vafot etdi


O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vladimir Salkov 9-iyul kuni 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Rossiyalik mutaxassis 2000—2001-yillar mobaynida O‘zbekiston terma jamoasiga bosh murabbiylik qilgan. O‘zbekiston terma jamoasi uning qo‘l ostida 19 ta o‘yin o‘tkazib, ularning o‘ntasida g‘alaba qozongan (3 durang, 6 mag‘lubiyat).

Futbolchilik faoliyatini “Krilya Sovetov”da boshlagan Salkov keyinchalik Donetskning “Shaxtyor” klubida o‘ynaydi va faoliyatini o‘sha yerda tugatadi. Mutaxassis murabbiy sifatida “Metallurg” (Jdanov), “Shaxtyor”, “Torpedo” (Moskva) va “Rotor” klublarida ishlagan. Shuningdek, Vladimir SSSR olimpiya va terma jamoasi hamda Rossiya olimpiya terma jamoasiga ustozlik qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют