» » Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming dollar pora olayotganida ushlandi

Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming dollar pora olayotganida ushlandi


Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, buning evaziga 4 ming dollar pora olishga uringan universitet o‘qituvchisi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi Sh.Q. tanishlari orqali fuqaro G. ismli fuqaroni mazkur universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 4 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 1-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq  Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialiga 2 ming dollarga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan sobiq o‘qituvchi, Namanganda universitetga o‘qishga kiritishni va’da qilib, 2,5 ming dollar va 5 mln so‘m talab qilgan firibgar o‘qituvchi, Samarqandda 6 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют