» » Navoiyda koronavirusga chalingan 55 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 52 taga yetdi

Navoiyda koronavirusga chalingan 55 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 52 taga yetdi


Navoiy viloyatida koronavirus infeksiyasiga chalingan 55 yoshli erkak vafot etdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Xabarga ko‘ra, Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi 55 yoshli J.O‘. 6-iyul kuni COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan, shu kuni Zarafshon shahridagi shifoxonaning reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Unga COVID-19 infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi tashxisi qo‘yilgan. U gipertoniya kasalligi, arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, semizlik kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi asorati bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bungacha O‘zbekistonda 51 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:

vafot etgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют