» » Surxondaryoda koronavirus infeksiyasiga chalingan 35 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 51 taga yetdi

Surxondaryoda koronavirus infeksiyasiga chalingan 35 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 51 taga yetdi


Surxondaryoda koronavirus infeksiyasiga chalingan 35 yoshli erkak vafot etdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Xabarga ko‘ra, Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida yashovchi 35 yoshli S.S. 2020-yil 28-iyun kuni tomog‘ida og‘riq sezgan, nafas yo‘llari yallig‘langan. Ammo hech kimga murojaat qilmay, uyida o‘zicha davolangan.

2-iyul kuni sog‘lig‘i yomonlashavergach, tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Unda COVID-19 tasdiqlangach viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unga COVID-19 og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas, yurak-qon tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. Shuningdek, bemor qandli diabet, semizlik va surunkali piyelonefrit kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan va u o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

35 yoshli S.S. koronavirusdan vafot etgan Surxondaryodagi ikkinchi, O‘zbekistondagi 51-bemor bo‘ldi.

Kun davomida SSV 6 nafar bemorning vafot etgani haqida xabar berdi.

Bungacha O‘zbekistonda 50 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют