» » Zinedin Zidan “Real”ning navbatdagi o‘yin uchun qaydnomasini e’lon qildi. Ro‘yxatda 4 nafar asosiy himoyachi yo‘q

Zinedin Zidan “Real”ning navbatdagi o‘yin uchun qaydnomasini e’lon qildi. Ro‘yxatda 4 nafar asosiy himoyachi yo‘q


Madridning “Real” klubi Toshkent vaqti bilan 10-iyuldan 11-iyulga o‘tar kechasi, soat 01:00 da o‘z maydonida “Alaves”ni qabul qiladi.

“Qirollik klubi” ustozi Zinedin Zidan ushbu bahsda maydonga tushishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Uchrashuvni Nacho, Serxio Ramos, Marselo va Dani Karvaxal kabi himoyachilar o‘tkazib yuboradi.

Shuningdek, yarim himoyachi Xames Rodriges va hujumchi Luka Yovich ham qaydnomaga kiritilmagan. Jarohati borligi aytilgan Eden Azar esa “Alaves”ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.

O‘yin qaydnomasiga kiritilgan 23 nafar futbolchi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diyego Altube.

Himoyachilar: Eder Militao, Ferlan Mendi, Rafael Varan, Xavi Ernandes, Migel Gutyerres.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko.

Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Garet Beyl, Lukas Vaskes, Marko Asensio, Braim Dias, Mariano Dias,  Vinisius Junior, Rodrigo Goes.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют