» » O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga jalb etilgan tibbiyot xodimlari har 5 kunda test topshiradi

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga jalb etilgan tibbiyot xodimlari har 5 kunda test topshiradi


Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov shifokorlarning test topshirish muddatlari va maoshlari bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Jumladan, mutaxassis karantin hududlari va koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan barcha shifoxonalarda faoliyat yuritayotgan xodimlar har 5 kunda polimeraz zanjir reaksiyasi (PZR) tahlilini topshirishini aytdi. Bunda shifokorlar, laborant-shifokorlar, hamshiralar, kichik tibbiy xodimlar, tibbiy transport haydovchilari va boshqa texnik xodimlarning belgilangan tartibda tekshiruvdan o‘tadi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarning ko‘ngilli sifatida ishtirok etish tartibi ma’lum qilindi

Shuningdek, virusga karshi kurashayotgan, bevosita zararlangan bemorlar bilan ishlagan shifokorlar, laborant-shifokorlar, hamshiralar va boshqa xodimlarga kasbiga qarab har 14 kun uchun 25, 15, 10 va 5 million so‘m miqdorda pul olayotgani qayd etildi. Virusga karshi kurashga jalb etilgan, ammo bevosita bemorlar bilan muloqotda bo‘lmagan tibbiyot xodimlariga oylik maoshlariga qo‘shimcha ravishda kundalik 6 foizlik to‘lov to‘lanmoqda.

Mavzuga doir: Toshkentda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarning bir guruhi o‘rin almashdi. Shifoxonani tark etganlar 14 kunga izolyatsiya qilinadi

“Agar joylarda u yoki bu sabablarga ko‘ra bu to‘lovlar kechiktiralayotgan bo‘lsa, Moliya vazirligining ishonch telefon raqamiga murojaat qilish mumkin”, — deydi Habibulla Oqilov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etadigan shifokorlar va boshqa xodimlar har 14 kunlik faoliyat davri uchun Prezident tomonidan maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Unga ko‘ra, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют