» » Erdo‘g‘on Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirish haqidagi farmonni imzoladi

Erdo‘g‘on Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirish haqidagi farmonni imzoladi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “Interfaks” xabar qilgan.

Erdo‘g‘on mazkur farmonni qabul qilishda bir hafta avval sud qabul qilgan qarorga asoslangan. Farmonda obyektni Turkiya din ishlari boshqarmasi ixtiyoriga o‘tkazish, uni masjid sifatida qayta ochish va binoda namoz o‘qish uchun munosib sharoitlar yaratish masalalari ham qayd etilgan.

Turkiya davlat qo‘mitasi — ma’muriy ishlar bo‘yicha oliy sud bir hafta avval hukumat tomonidan 1934-yilda chiqarilgan qarorni bekor qilib, Avliyo Sofiya ibodatxonasidan muzey maqomini olib tashlagandi.

Avliyo Sofiya atrofidagi bahs

Istanbulda Avliyo Sofiya ibodatxonasining masjidga aylantirilishi borasidagi bahs-munozaralar 29-may kuni Konstantinopolning qulashi munosabati bilan u yerda Qur’on xatm qilinganidan keyin boshlanib ketgan. Oradan bir hafta o‘tgach Erdo‘g‘on ibodatxonani masjidga aylantirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni buyurgan. Keyinchalik adliya vaziri Abdulhamid Gyul hamda tashqi ishlar vaziri Mevlyut Chavusho‘g‘lu ibodatxonaning yana masjidga aylantirilishi tarafdori ekanligini bildirgan.

Turkiyadagi arman patriarxi Saak II Avliyo Sofiyaning xristianlar uchun ham, musulmonlar uchun ham ibodat maskaniga aylanishini istashi haqida gapirgan. G‘arb davlatlarining yuqori martabali amaldorlari, diplomatlar, jumladan, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo ibodatxonaning masjidga aylantirilishiga qarshi chiqqan.

Avliyo Sofiya ibodatxonasiga 1934-yilda Turkiya birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk qaroriga asosan muzey maqomi berilgan. 1985-yilda ibodatxona YuNESKOning butunjahon madaniy merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 06:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют