» » “Real” Zinedin Zidan qo‘l ostida 500-golni urdi. Fransuz bu natijani qayd etgan klub tarixidagi ikkinchi murabbiy

“Real” Zinedin Zidan qo‘l ostida 500-golni urdi. Fransuz bu natijani qayd etgan klub tarixidagi ikkinchi murabbiy


“Real” Ispaniya chempionatining 35-turida “Alaves”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).

Uchrashuvning 12-daqiqasida Karim Benzema hisobni ochdi. Bu Zinedin Zidan qo‘l ostidagi “Real” uchun 500-gol bo‘ldi.

E’tiborlisi, Zidan “Real” bosh murabbiyligiga tayinlanganidan so‘ng ilk golni ham Benzema (2016-yil “Deportivo”ga) urgandi.

Zidan qo‘l ostida “Real” hozirgi kunga qadar jami 206 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 138 bor g‘alaba qozondi, 26 marta mag‘lubiyatga uchradi va 42 ta durang qayd etdi.

Zidan “Real” tarixida 500 gollik dovonni zabt etgan ikkinchi murabbiyga aylandi. Bu borada yetakchi Migel Munyos hisoblanadi — 605 o‘yinda 1226 ta gol.

“Real” Visente del Boske murabbiyligi davrida 246 o‘yinda 490 ta gol urgan, Joze Mourinyo qo‘l ostidagi 178 uchrashuvda esa 475 bor raqiblar darvozasi ishg‘ol etilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют