» » Gonkongda maktablar koronavirus sabab yana yopiladi

Gonkongda maktablar koronavirus sabab yana yopiladi


Gonkong maktablari 13-iyul, dushanba kunidan boshlab koronavirusning yangi epidemiyasi boshlagani tufayli yana yopiladi. Bu haqda Gonkong maorif vaziri Kevin Yan ma’lum qilgan, deb yozmoqda Bloomberg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror jamoatchilikning sog‘lig‘i, shuningdek, birinchi navbatda o‘quvchilarning salomatligi nuqtayi nazaridan qabul qilingan.

Maktablarga faqat bitiruvchilar yakuniy imtihonlarni topshirish uchun keladi, bunda ulardan majburiy tartibda tibbiy niqob taqish va ijtimoiy masofalanishga rioya etish talab qilinadi.

Gonkong maktablari avval yanvar oyida yopilgan va may oyida faoliyatini qayta boshlagandi. Ammo oxirgi kunlarda Gonkongda yana koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilmoqda. 9-iyulning o‘zida 34 ta yangi holat aniqlangan va bu oxirgi uch oy davomida kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Eslatib o‘tamiz, avval Gonkong politsiyasiga sud orderisiz tintuv o‘tkazish hamda milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi yangi qonunga ko‘ra mol-mulkni musodara qilish vakolati berilgan.

Mavzuga doir: AQSh Senati Gonkongga oid qarori sabab Xitoyga qarshi sanksiyalarni ma’qulladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 10:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 11) ( 0) ( 10) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют