» » Gonkong hukumati koronavirus sabab aholiga ijtimoiy yordam sifatida 1,3 ming dollardan pul to‘laydi

Gonkong hukumati koronavirus sabab aholiga ijtimoiy yordam sifatida 1,3 ming dollardan pul to‘laydi


Gonkong hukumati Xitoyning ushbu maxsus ma’muriy viloyatida istiqomat qiluvchi katta yoshdagi aholining barchasiga koronavirus sabab yuzaga kelgan vaziyat sabab ijtimoiy yordam sifatida 1,3 ming AQSh dollaridan pul beradi. Bu haqda mahalliy administratsiyaning moliyaviy masalalar bo‘yicha kotibi (moliya vaziri) Pol Changa tayanib, “TASS” xabar berdi.

“So‘nggi oylarda ijtimoiy ko‘tarilish (2019-yilning yozida sodir bo‘lgan hukumatga qarshi norozilik namoyishlari) va yangi turdagi koronavirus epidemiyasi Gonkong iqtisodiyotiga og‘ir zarba bo‘ldi”, — deydi Pol Chan.

“Uzoq hisob-kitoblardan so‘ng, men Gonkongning 18 yoshdan katta bo‘lgan barcha aholisi iste’molini rag‘batlantirish va ularning moliyaviy yukini yengillashtirish uchun 10 ming gonkong dollaridan mablag‘ ajratishga qaror qildim”, — deydi moliya vaziri.

Avvalroq Gonkong rasmiylari COVID-19 koronavirusining kanalizatsiya quvurlari orqali tarqalishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Gonkong hukumati koronavirus tarqalishi sababli maktab ta’tilini 16-martgacha uzaytirgan.

Eslatib o‘tamiz, Gonkongda 2019-yilning ikkinchi yarmida norozilik namoyishlari ekstraditsiya to‘g‘risidagi qonun sabab o‘tkazildi. Namoyishchilarning fikriga ko‘ra, ushbu qonun Xitoydan Gonkongga qochgan dissidentlarga qarshi qaratilgan. Gonkong ma’muriyati rahbari Kerri Lam 4-sentabr kuni ushbu qonun loyihasini qaytarib olgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2020, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют