» » Video: Rossiyalik blogerlar “Oka” avtomobilini suzishga “o‘rgatdi”

Video: Rossiyalik blogerlar “Oka” avtomobilini suzishga “o‘rgatdi”


YouTube’dagi “Garaj 54” kanali mualliflari Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan “Oka” bazasida suvda suzadigan avtomobil yaratishga qaror qildi. Modifikatsiya va qo‘shimcha qurilmalar o‘rnatilganidan so‘ng mashina ilk bor suvda suzib ko‘rdi.

G‘oyani amalga oshirish uchun loyiha mualliflari eski “Oka” sotib olgan va uning kuzov hamda bamperini yangilagan. Avtomobil kuzovining orqa qismi ventilyatorni o‘rnatish uchun olib tashlangan.

“Oka” birdaniga cho‘kib ketmasligi uchun qo‘lbola amfibiyaga oltita bochkadan iborat ponton tayyorlangan. Suvda suzadigan modelni boshqarish uchun muhandislar rul reykasini rul chambaragi bilan o‘zaro ulab qo‘ygan.

Blogerlar mazkur avtomobilni sinab ko‘rish uchun uni suvga tushirgan, biroq jarayon davomida sol qirg‘oqdan uzoqlashib ketgani sabab avtomobil suvga cho‘ka boshlagan. Muhandislar ikkinchi urinishda “Oka”ni suvga tushirishga va daryo bo‘ylab “aerotyaga” yordamida suzishga muvaffaq bo‘lgan. Sinov davomida suvdagi harakat tezligi soatiga 2-3 kilometrdan oshmagan, ammo bu turdagi transport vositasini boshqarish mumkinligi isbotlangan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin YouTube’dagi “G‘ildiraklar ustidagi sirk” kanali blogerlari Lada XRay avtomobilini amfibiyaga aylantirib, uning yordamida suvda suzish mumkinligini ko‘rsatib bergandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют