» » Rossiyalik blogerlar Lada XRay avtomobilini suvda suzishga moslashtirdi (video)

Rossiyalik blogerlar Lada XRay avtomobilini suvda suzishga moslashtirdi (video)


YouTube’dagi “G‘ildiraklar ustidagi sirk” kanalida blogerlar Lada XRay avtomobilini amfibiyaga aylantirib, uni suvda suzdirayotgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

Muhandislar amfibiya-avtomobilni yaratish uchun ortiqcha barcha elementlarni olib tashlagan va eng muhim narsalarni qoldirgan — kuzov, dvigatel va boshqaruv elementlari. Buning natijasida mutaxassislar avtomobilning og‘irligini sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramay, mashina oddiy yo‘llarda bemalol harakatlana olgan.

Salon ichiga suv kirmasligi uchun blogerlar barcha teshiklarga “montaj ko‘pigi”ni quyib chiqqan, shuningdek, avtomobilga  qo‘shimcha penoplast bo‘laklari o‘rnatilgan. Xetchbekni esa qayiq motori harakatga keltirgan.

Amfibiyaning suza olishini tekshirish maqsadida u real sharoitlarda sinovdan o‘tkazilgan. Lada XRay qirg‘oqdan bir necha metr nariga suzib, hech qanday muammosiz yana quruqlikka qaytib kelgan. Biroq amfibiyaning suvdagi tezligi ancha sekin, shunday bo‘lsa-da XRay suvda ham suza olishini isbotlab bergan.

Aprel oyining oxirlarida Tesla rahbari Ilon Mask o‘zining yangi Cybertruck elektropikapi suvda suza olishini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Lada XRay egalari avtomobilning afzallik va kamchiliklari haqida so‘zlab berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют