» » Lada Xray Cross’ning narxlari ma’lum bo‘ldi

Lada Xray Cross’ning narxlari ma’lum bo‘ldi


Rossiyaning “AvtoVAZ” kompaniyasi Lada Xray Cross avtomobilini uchta komplektatsiyada taklif qiladi. Ularning narxi 729,9 ming rubldan (11068 dollar) boshlanadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Lada Xray Cross 122 ot kuchiga ega 1,8 litr sig‘imli dvigatel bilan jihozlanadi va mexanik tezlik uzatish qutisiga ega bo‘ladi. Mashina uch xil komplektatsiyada — Classic, Comfort va Luxe ishlab chiqariladi. Classic komplektatsiyadagi avtomobilning boshlang‘ich narxi 729,9 ming rubldan boshlanadi.

Avtomobil ikkita xavfsizlik yostiqchasi, himoya signalizatsiyasi, ERA-GLONASS favqulodda ogohlantirish tizimi, orqa g‘ildiraklarning disk tormozi, mustahkamlik nazorati va balandlikka ko‘tarilishda yordamchi, harakatlanish vaqtida ishlaydigan LED yoritgichlar, yengil qoraytirilgan oyna, old oyanalarni elektr ko‘targichi, 17 dyuymli diskalar bilan jihozlanadi.

Yangi avtomobilning savdosini 2018-yilning oxirigacha boshlash rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 07:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют