» » Xitoyliklardan navbatdagi ko‘chirma: Lada Xray plagiat qurboniga aylandi

Xitoyliklardan navbatdagi ko‘chirma: Lada Xray plagiat qurboniga aylandi


Xitoyning Landwind avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi tomonidan Rossiyaning Lada Xray xetchbeki dizayni uslubida ishlangan E36 krossoveri suratlari internetda paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Motor”.

Xitoyliklar yangi model kuzovining old qismini deyarli to‘lig‘icha Lada Xray’dan “ko‘chirib” olgan: fara chiroqlari, old bamper va radiator panjarasi.

Mavzuga doir: Tashqaridan Mercedes, aslida esa ko‘chirma: “Premium” mashinalarning xitoycha klonlari (fotogalereya)

Landwind E36 modeli hajmi 1,6 litrga teng dvigatel va 1,5 turbolashtirilgan agregat bilan jihozlangan.

Landwind kompaniyasi avval ham “ko‘chirmachilikka” qo‘l urgan. 2014-yili Xitoy avtokonserni Range Rover Evoque asosida X7 krossoverini yaratgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (11-02-2017, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 120) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют