» » Lada XRay egalari avtomobilning afzallik va kamchiliklari haqida so‘zlab berdi

Lada XRay egalari avtomobilning afzallik va kamchiliklari haqida so‘zlab berdi


“Avtostat” tahlil agentligi Lada XRay xetchbeki egalari o‘rtasida onlayn so‘rovnoma o‘tkazib, ularning o‘z avtomobillari haqidagi fikrlarini yig‘di.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘pchilik Lada XRay’ni chiroyli, original avtomobil va yoshi katta insonlar uchun mo‘ljallangan deb hisoblaydi. Ular dastlab buning o‘rniga Lada Vesta (45 foiz), Kia Rio (16 foiz), Hyundai Solaris (14 foiz), Renault Sandero (14 foiz) va Lada Granta (11 foiz) xarid qilish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. Modelning aksariyat egalari XRay’ni uning chiroyli tashqi ko‘rinishi va original dizayni (67 foiz), narxi (59 foiz) va xizmat ko‘rsatish imkoniyati (50 foiz) uchun xarid qilgan.

Avtomobil egalarining yarmidan ko‘pi (56 foizi) o‘z xarididan afsuslanmasligini aytib, ijobiy fikrlar bildirgan. Biroq ularning 37 foizigina tanishlari va do‘stlariga ushbu modelni tavsiya qilgan. So‘rovnoma davomida XRay’ning bir qator kamchiliklari ham sanab o‘tilgan. Ishtirokchilarning har uchtadan bittasi (31 foiz) yoqilg‘i sarfining ko‘pligidan shikoyat qilgan bo‘lsa, 11 foizi esa salonning arzon plastik bilan qoplangani va old oynaning keng tokchalari sabab ko‘rish yomonligidan norozi bo‘lgan.

Mavzuga doir: Rossiya ko‘chalarida yangi dizaynga ega Lada Largus paydo bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-06-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют