» » Xitoylik erkak toshqinlardan saqlanish uchun amfibiya-mashina yaratdi

Xitoylik erkak toshqinlardan saqlanish uchun amfibiya-mashina yaratdi


Xitoylik Jiong Jian ismli erkak toshqinlardan saqlanish uchun o‘z garajida amfibiya-mashina yaratdi. Bu haqda Ruptly TV’ning YouTube’dagi kanalida e’lon qilingan videoda hikoya qilindi.

Antiqa avtomobil egasi Xitoyning markaziy qismida, daryo yaqinida istiqomat qiladi. Yomg‘irlar mavsumda suv daryo qirg‘oqlaridan chiqib turadi. 20 yil davomida avtomobil mexanigi bo‘lib ishlagan Jian bir necha yildan buyon haqiqiy kema-mashina yaratishga urinmoqda.

Ixtirochining aytishicha, avvalgi tajribalar vaqtida mashina dvigateli suvga to‘lib qolardi. Shundan keyin u dvigatelni amfibiyaning orqa qismiga o‘rnatishga qaror qildi.

Jiong Jianning ma’lum qilishicha, uning noan’anaviy mashinasi to‘rt kishini tashishga va suvda soatiga 32 kilometr tezlikni olishga qodir. Mashina hatto orqaga qarab ham harakatlanishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют