» » Gana hukumati 200 dan ziyod mashinani “yo‘qotib qo‘ydi”

Gana hukumati 200 dan ziyod mashinani “yo‘qotib qo‘ydi”


Gana hukumati prezident qarorgohida 200 dan ortiq avtomobil yo‘qolganini aniqladi, deya xabar bermoqda “Motor”. Cityfmonline’ning yozishicha, mamlakatning yangi rahbari Nane Akufo-Addo 10 yil avvalgi BMW’dan rasmiy avtomobil sifatida foydalanishga majbur bo‘lgan.

Ganada yangi prezident o‘z lavozimini bajarishga kirishgach, 2017-yil boshida o‘tkazilgan tekshiruv davlat rahbarining qarorgohi avtoparkidan 218 ta mashina yo‘qolganini aniqladi.

Akufo-Addoning matbuot kotibi garajda hisobga olingan 196 Toyota Land Cruiser’dan faqatgina 74 tasi, 73 ta Toyota Land Cruiser Prado’dan 20 tasi, 24 Mercedes’dan 11 ta, 28 Toyota Avalon’dan ikkita hamda oltita BMW’dan ham ikkitasi qolganini ma’lum qildi.

Yangi hukumatning fikricha, yo‘qolgan avtomobillar eski ma’muriyat tarkibida bo‘lgan mansabdorlarning ixtiyorida qolib ketgan.

Ayni vaqtda, sobiq aloqa vaziri Tomas Naadining ta’kidlashicha, yangi hukumat shu yo‘l bilan yangi avtomobillar sotib olish borasidagi niyatini oqlashga urinmoqda.

Avvalroq Akufo-Addoning matbuot kotibi prezident garajida 300 dan ziyod mashina bo‘lishi kerakligini bildirgan, biroq ular aynan nima uchun qo‘llanilishiga oydinlik kiritmagan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют