» » “Real” La Ligada 14 yil oldingi ko‘rsatkichini takrorladi

“Real” La Ligada 14 yil oldingi ko‘rsatkichini takrorladi


Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining 35-turida “Alaves”ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 12-daqiqada hujumchi Karim Benzema tomonidan ochildi, fransiyalik futbolchi 11 metrlik penalti zarbasini aniq amalga oshirdi.

Qayd etish joiz, “qirollik klubi”ning so‘nggi uchta goli aynan penaltidan kiritildi. “Atletik” (1:0) va “Xetafe” (1:0) qarshi o‘yinlarda Serxio Ramos penaltidan gol urgan, har ikkala holatda ham gollar g‘alaba to‘pi bo‘lib xizmat qildi. Shu tariqa “Real” La Ligada 2006-yildan beri ilk marta ketma-ket 3 ta o‘yinda penaltidan gol urdi.

Umumiy olganda Madrid klubi tanaffusdan keyin 8 ta o‘yinda 4 marotaba penaltidan gol urdi. Shulardan 3 tasini Serxio Ramos bexato amalga oshirgan bo‘lsa, “Alaves”ga qarshi o‘yinda Benzema bu ishni bajardi.

“Real” 35-turdan keyin 80 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa 2-o‘rinda borayotgan “Barselona”dan 4 ochkoga (76) ilgarilab ketgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют