» » Avstraliyada avtomobilni bir o‘zi boshqarib 1300 kilometr yo‘l bosgan 12 yoshli bolakay qo‘lga olindi

Avstraliyada avtomobilni bir o‘zi boshqarib 1300 kilometr yo‘l bosgan 12 yoshli bolakay qo‘lga olindi


Avstraliya politsiyasi Yangi Janubiy Uels shtati g‘arbida mamlakatning narigi chekkasiga borishga harakat qilib, avtomobilda mustaqil ravishda 1300 kilometrga yaqin yo‘l bosgan 12 yoshli bolani qo‘lga oldi. Bu haqda Sydney Morning Herald nashri tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Shtat politsiyasi rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, bolakay Kendall shahridan Avstraliyaning qarama-qarshi tarafida joylashgan Pert shahri tomon yo‘l olib, 1300 kilometrga yaqin yo‘l bosishga ulgurgan.

Politsiyachilar avtomobilning bamperi “yerga sudralib ketayotgani” uchungina diqqat qaratgan. “Tekshiruv natijasida haydovchi Kendalldan Pert tomon yo‘l olgan 12 yoshli bola ekanligi aniqlandi”, — deydi politsiya vakili.

Politsiya bolakayni qo‘lga olib idoraga yuborgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari tekshirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют