» » Shvetsiya politsiyasi aynan teraktni amalga oshirgan shaxsni qo‘lga olganiga ishonmoqda

Shvetsiya politsiyasi aynan teraktni amalga oshirgan shaxsni qo‘lga olganiga ishonmoqda


Shvetsiya politsiyasi 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov Stokgolmdagi terakt ijrochisi ekaniga ishonmoqda. Bu haqda Shvetsiya politsiyasi boshlig‘i Dan Eliasson ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.

“Biz aynan terakt ijrochisini qo‘lga olganimizga ishonchimiz komil”, — dedi Eliasson.

Politsiya ijrochining sheriklari bo‘lganini istisno qilmadi, shuning uchun ularni qidirish ishlari davom etmoqda.

Avvalroq, qo‘lga olingan shaxs Kronobergdagi tergov izolyatoridagi so‘roq davomida qilgan jinoyatini tan olgan edi. U IShID terrorchilik tashkilotining ko‘rsatmasi ostida harakat qilganini aytgan.

Shuningdek, politsiya teraktni amalga oshirganlikda gumonlanayotgan Oqilov bilan shu ish yuzasidan qo‘lga olingan ikkinchi shaxsning o‘zaro aloqasi borligini aniqladi. Biroq hozircha bu borada hech qanday ma’lumot aytilmadi.

Xavfsizlik politsiyasi boshlig‘i Anders Tornbergning so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar 600 ga yaqin so‘roq amalga oshirilgan. Ammo, qayd etishlaricha, oldinda hali qilinadigan ishlar ko‘p, tergov bir yilgacha davom etishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют