» » Shvetsiya politsiyasi Stokgolm terakti ijrochisi gumoni ostida O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini tasdiqladi

Shvetsiya politsiyasi Stokgolm terakti ijrochisi gumoni ostida O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olinganini tasdiqladi


Shvetsiya politsiya boshqarmasi rahbari Dan Eliassonning ma’lum qilishicha, Stokgolmdagi teraktni amalga oshirish gumoni bilan haqiqatan ham 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

SVT telekanali axborotiga ko‘ra, gumonlanuvchi “terrorchilik harakati yo‘li bilan qotillikni amalga oshirish”da ayblanmoqda.

Gumonlanuvchi o‘ziga qo‘yilgan aybni tan olgani haqida avvalroq OAVda paydo bo‘lgan axborot yuzasidan Dan Eliasson izoh berishni istamadi. Bundan tashqari, politsiya vakili O‘zbekiston fuqarosining Shvetsiyada yashash uchun ruxsatnomasi bor-yo‘qligiga ham aniqlik kiritmadi.

Dan Eliasson huquqni muhofaza qilish organlarining gumonlari juda jiddiy ekanini qayd etib o‘tdi. “Ayni vaqtda, biz bu ishga boshqa odamlar ham aralashganini istisno qila olmaymiz”, — dedi u.

Shvetsiya Xavfsizlik xizmati rahbari Andres Tornbergning ta’kidlashicha, qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi haqida bir yil avval ogohlantiruvchi ma’lumotlar olgan, biroq ularning ekstremizga aloqasi yo‘q va “ikkinchi darajali masalalar” edi.

Politsiya qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosining ismi-sharifini ma’lum qilmagan. Shvetsiya nashrlarining o‘z manbalariga asoslanib yozishicha, uning Facebook’dagi sahifasidan IShID terrorchilik tashkilotining targ‘ibot materiallari topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют