» » Stokgolm terakti ijrochisi gumoni ostida qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi ismi ma’lum qilindi

Stokgolm terakti ijrochisi gumoni ostida qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi ismi ma’lum qilindi


Stokgolmda 7-aprel kuni sodir etilgan teraktda gumonlanib, qo‘lga olingan O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Oqilov ekanligi ma’lum qilindi. Bu haqda Shvetsiyaning Expressen nashriga tayangan holda, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Rahmat Oqilov 2014-yil noyabr oyida Shvetsiyada yashashga ruxsat beruvchi hujjat uchun ariza topshirgan. 2016-yil iyun oyida unga rad javobi berilgan.

Shundan so‘ng deportatsiya bo‘lishdan qochgan Oqilov qidiruvga berilgan.

Expressen nashri Oqilov IShID guruhiga ham befarq bo‘lmaganini qayd etdi. Bundan tashqari, u portlovchi moddalarni ishlata olgan.

Politsiya xodimlari tergovni jiddiy davom ettirish davomida terakt Akilov tomonidan sodir etilganini borgan sari ko‘p dalil isbotlayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq Stokgolmdagi teraktga daxldor deb gumonlangan shaxs O‘zbekiston fuqarosi ekanligi Shvetsiya politsiyasi tomonidan tasdiqlangan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (10-04-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 56) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют