» » O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 12 500 nafardan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 12 500 nafardan oshdi


O‘zbekistonda 11-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111 kishiga ko‘payib, kasallanganlarning umumiy soni 12 513 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanganlarning

11-iyul kun davomida Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 140 nafar, Andijon viloyatida 31 nafar, Jizzax viloyatida 10 nafar, Navoiy viloyatida 7 nafar hamda Samarqand viloyatida 5 nafar, jami 193 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, mamlakatda 7723 (+193) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (61 foiz) sog‘aygan.

Hozirda O‘zbekistonda 4733 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda 11-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 12 402 nafarni tashkil etgani haqida xabar berilgandi.

Epidemiya boshlanganidan beri kasallik oqibatida vafot etgan bemorlar soni esa 57 nafarga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют