» » Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida Uorren Baffettni ortda qoldirdi

Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida Uorren Baffettni ortda qoldirdi


SpaceX va Tesla bosh direktori hamda asoschisi Ilon Mask milliarderlar reytingida 70,5 milliard dollar bilan Uorren Baffettni ortda qoldirib, yettinchi o‘rinni egalladi, deya xabar berdi Bloomberg.

Bunga 10-iyul kuni Tesla aksiyalari 11 foizga oshigani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Aksiya qimmatlashishi natijasida Maskning umumiy boyligi 6,1 milliard dollarga o‘sgan.

Mavzuga doir: Fotojamlanma: Ilon Maskning Los-Anjelesdagi 29 mln dollarlik hashamatli koshonasi

Berkshire Hathaway direktorlar kengashi raisi Uorren Baffettning boyligi esa 69,2 milliard dollarga baholanmoqda. Shuningdek, Mask reytingda Oracle kompaniyasi hammuassisi Larri Ellison va Google asoschilaridan biri Sergey Brinni ortda qoldirgan.

Ta’kidlanishicha, Ilon Mask Tesla aksiyalarining beshdan bir qismiga egalik qiladi, bu uning boyligining asosiy qismini tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Tesla aksiyalari 2020-yilda 269 foizga o‘sdi. 10-iyul kuni birjada avtomobil ishlab chiqaruvchisining bitta aksiyasi bahosi 1554,65 dollarni tashkil qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют