» » RPL. “Ufa” safarda “Lokomotiv”dan ochko tortib oldi. Oston O‘runov — uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi

RPL. “Ufa” safarda “Lokomotiv”dan ochko tortib oldi. Oston O‘runov — uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 28-turida “Ufa” 12-iyul, yakshanba kuni “Lokomotiv” maydonida mehmon bo‘ldi.

Dastlab mehmonlar 39-daqiqada Daniil Fominning penaltidan kiritgan to‘pi evaziga oldinga o‘tib oldi. Bunga “temiryo‘lchilar” 81-daqiqada Jeferson Farfanning goli bilan javob qaytardi. Qayd etish joiz, perulik legioner avvaliga jarohat, keyinchalik koronavirusga chalingani bois 14 oydan buyon maydonga tushmayotgan edi. 70-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchi ko‘p o‘tmay o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

O‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Oston O‘runov uchrashuv yakunida zaxiraga olindi. O‘zbekistonlik futbolchi ushbu bahsning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

“Ufa” 37 ochko bilan 6-o‘rinni saqlab turibdi. “Lokomotiv” (51) esa 2-o‘ringa joylashgan.

RPL

28-tur bahsi

12-iyul, yakshanba

Gollar: 0:1 – 39, penalti Fomin, 1:1 – 81 Farfan.

“Lokomotiv”: Kochenkov, Magkeyev, Chorluka (Kverkveliya, 90), Serkeyra (Ribchinskiy, 46), Ignatyev, Joau Mariu, Miranchuk, Miranchuk (Jemaletdinov, 46), Krixovyak, Jivoglyadov (Farfan, 70), Eder (Suleymanov, 71).

“Ufa”: Belenov, Suxov, Alikin, Krugovoy, Terentyev, O‘runov (Till, 90), Golubev, Bezdenejnix, Fomin, Kozlov (Vombergar, 90), Bizyak (Yemelyanov, 73).

Ogohlantirishlar: Serkeyra (38), O‘runov (43), Krixovyak (49), Suxov (51), Bizyak (72), Jemaletdinov (74).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-07-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют