» » RPL. “Rostov” — “Ufa” uchrashuvida Oston O‘runov jamoasi irodali g‘alabaga erishdi

RPL. “Rostov” — “Ufa” uchrashuvida Oston O‘runov jamoasi irodali g‘alabaga erishdi


Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer Ligasining 27-turida “Rostov” 8-iyul, chorshanba kuni “Ufa”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida maydon egalari oldinga o‘tib oldi: burchakdan uzatilgan to‘pni Dennis Hajikadunich boshi bilan darvozaga aniq yo‘naltirdi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib mehmonlar faollikni oshirdi. 68-daqiqada Daniil Fomin penaltini golga aylantirib, muvozanatni tikladi. 75-daqiqada Vyacheslav Krotov “Ufa”ning ikkinchi golini urdi.

Mazkur bahsda Eldor Shomurodov 83-daqiqa harakat qilgan bo‘lsa, Oston O‘runov 63-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Ufa” ochkolarini 36 taga yetkazib, 6-o‘ringa mustahkam o‘rnashib oldi. “Rostov” (43) esa 5-pog‘onada ketmoqda.

Chempionlik masalasini muddatidan avval hal qilib qo‘ygan “Zenit” o‘zida “Sochi” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. SSKA esa “Orenburg” maydonida yirik hisobda zafar quchdi. “Spartak” va “Lokomotiv” o‘rtasidagi poytaxt derbisida durang natija qayd etildi.

RPL

27-tur bahslari

8-iyul, chorshanba

Gollar: 1:0 – 27 Hajikadunich, 1:1 – 68, penalti Fomin, 1:2 – 75 Krotov.

“Rostov”: Pesyakov, Osipenko, Chernov, Hajikadunich, Bayramyan (Logashov, 67), Popov (Glebov, 67), Mamayev, Zaynutdinov (Saplinov, 76), Normann, Ionov, Shomurodov (Proshlyakov, 83).

“Ufa”: Belenov, Krugovoy, Tabidze, Suxov (O‘runov, 63), Nikitin, Fomin, Golubev, Giorgobiani (Krotov, 62), Aliyev, Alikin, Agalarov (Kozlov, 62).

Ogohlantirishlar: Popov (45), Tabidze (61), Bayramyan (67), Glebov (83), Aliyev (85), Normann (86), Proshlyakov (89), Logashov (90).

Gollar: 0:1 – 5 Zabolotniy, 1:1 – 33 Malkom, 2:1 – 76 Azmun.

Gollar: 0:1 – 32 Chalov, 0:2 – 59 Vlashich, 0:3 – 78 Shennikov, 0:4 – 90 Oblyakov.

Gollar: 1:0 – 38 Ponse, 1:1 – 42, penalti Miranchuk.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-07-2020, 01:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют