» » Makron Le Penga qarshi. Fransiyada prezident saylovining birinchi turi bo‘lib o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar

Makron Le Penga qarshi. Fransiyada prezident saylovining birinchi turi bo‘lib o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar


Fransiyada 23-aprel kuni prezident saylovining birinchi turi bo‘lib o‘tdi. Uning yakunlariga ko‘ra, markazchi Emmanuel Makron (23,75 foiz ovozni qo‘lga kiritdi) va millatchi Marin Le Pen (21,53 foiz) kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Sotsialtistik partiya va amaldagi prezidenti vakili Benua Amon atigi 6,35 foiz ovoz oldi, nomzodi “Respublikachilar” tomonidan ilgari surilgan Fransua Fiyon 19,91 foiz bilan uchinchi bo‘ldi — va ikkinchi turga o‘ta olmadi. Meduza nashri saylovning birinchi turi yakunlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlarni bir sahifaga jamladi.

Saylovning birinchi turi nisbatan xotirjam o‘tdi. Saylovchilarning asosiy qismi kunning birinchi yarmida ovoz berdi — mahalliy vaqt bilan 17:00 ga kelib saylovchilarning 70 foizi saylovda qatnashib bo‘lgan edi. Kun davomida shubhali mashinalar sabab bir necha saylov uchastkasi evakuatsiya qilindi, biroq shubhalar tasdiqlanmadi. Marin Le Pen ovoz bergan saylov uchastkasiga uning, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Trampning niqoblarini taqib olgan Femen faollari bostirib kirgan; ular politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Saylovning dastlabki natijalari e’lon qilingani hamonoq, Parij markazidagi Bastiliya maydonida ham Le Pen, ham markazchi Emmanuel Makronga qarshi bo‘lgan “antifashistlar va antikapitalistlar” namoyishi boshlangan. Maydonga yig‘ilgan 300 ga yaqin odam “Barrikadalar oqshomi”ni uyushtirishga va’da bergan edi, biroq oradan bir necha soat o‘tib politsiya namoyishchilarni tarqatib yubordi, ularning ba’zilari qo‘lga olindi; ikki kishi jabrlandi.

Saylov natijalari so‘nggi ijtimoiy so‘rov natijalari bilan deyarli bir xil bo‘ldi. Aprel oyi boshidan beri Makronning reytingi 23—24 foiz atrofida, Le Penniki esa 22—23 foiz atrofida edi. Ayni vaqtda, sotsialistlar vakili Benua Amonning mag‘lubiyati kutilganidan-da kattaroq bo‘ldi — so‘rovlar vaqtida saylovchilarning 8 foizi unga ishonch bildirgan edi.

#Presidentielle2017 Vue d'ensemble des r?sultats : candidat arriv? en t?te dans chaque d?partement pic.twitter.com/R1pH2ELiJj

— Minist?re Int?rieur (@Place_Beauvau) April 23, 2017

Mag‘lub nomzodlar “Milliy front”ga qarshi birlashishga da’vat etdi. Saylov yakuniga yetishi hamonoq sotsialist Benua Amon Marin Le Penga qarshi chiqdi, keyinroq “respublikachi” Fiyon ham uning yoniga qo‘shildi. So‘l kayfiyatdagi “Bo‘ysunmas Fransiya” harakati vakili Jan-Lyuk Melanshon (19,6 foiz ovoz olgan) nomzodlarning birortasini qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortib, o‘z tarafdorlari uchun strategiyani belgilab berish maqsadida internetda so‘rov o‘tkazishga va’da berdi. Fransiyaning amaldagi prezidenti Fransua Olland Makronni g‘alaba bilan tabrikladi, biroq ikkinchi turda kimni qo‘llab-quvvatlashi haqida rasman bayonot bermadi. Hukumat rahbari Bernar Kaznyov esa, aksincha, darhol Makronni qo‘llashga da’vat qildi.

Bir qator muhim masalalar bo‘yicha Makron va Le Penning qarashlari keskin farq qiladi. Le Pen Shengen zonasidan chiqish va mamlakatning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi masalasida referendum o‘tkazish, ayni vaqtda, qurolli kuchlar qudratini oshirish tarafdori; bularning bari globalist Makronning nuqtai nazariga zid. O‘z navbatida, Makron iqtisodiyotning alohida tarmoqlarida ish haftasini uzaytirish va muhojirlar uchun bepul tibbiy yordamni saqlab qolishga chaqirmoqda. Makron endi parlamentda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritish niyatini bildirdi, prezident saylovining birinchi turidagi g‘alabasini esa mamlakat “siyosiy hayotidagi qiyofa o‘zgarishi” deb atadi.

Fransiyadagi prezident saylovining ikkinchi turi 7-may kuni bo‘lib o‘tadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-04-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют