» » So‘rov: Fransiya prezidentligi saylovoldi munozaralarida Makron g‘alaba qozondi

So‘rov: Fransiya prezidentligi saylovoldi munozaralarida Makron g‘alaba qozondi


Fransiya prezidentligiga “Olg‘a” partiyasidan nomzod Emmanuel Makron saylovoldi munozaralarning birinchi raundida eng yaxshi ko‘rsatkichni namoyon qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Mazkur xulosa BFM telekanali buyurtmasi bilan Elabe ijtimoiy markazi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda o‘z tasdig‘ini topdi. So‘rov ishtirokchilarining 29 foizi ishontirish qobiliyati eng kuchli nomzod deb Makronni aytgan bo‘lsa, 20 foizi so‘llar vakili Jan-Lyuk Melanshonga shunday baho berdi.

“Milliy front” raisi Marin Le Pen hamda “Respublikachilar” partiyasidan nomzod Fransua Fiyon so‘rov qilinganlarning 19 foizidan ovoz oldi. “Sotsialistik partiya” vakili Benua Amon esa 11 foiz ishtirokchi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

So‘rov qatnashchilarining 30 foizi Emmanuel Makron Fransiya uchun “eng yaxshi loyiha taqdim etgan”ini ma’lum qildi.

Опубликовано: admin (22-03-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 119) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют