» » Fransiyada prezidentlikka nomzodlarning ilk telemunozaralari bo‘lib o‘tdi

Fransiyada prezidentlikka nomzodlarning ilk telemunozaralari bo‘lib o‘tdi


20-mart, dushanba kuni kechqurun Fransiyaning TF1 telekanalida ilk saylovoldi munozaralar bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “RIA Novosti”: uch yarim soat davomida siyosatchilar zamonaviy Fransiyaning ijtimoiy modeli, iqtisodiy vaziyat va mamlakatning dunyodagi o‘rni haqida gapirdi.

Fransiya prezidenti lavozimiga nomzodlar o‘n bir kishidan iborat. Ammo ilk debatlarda ularning besh nafari, saylovoldi so‘rovlar yetakchilari qatnashdi, bular — o‘ng “Milliy front” raisi Marin Le Pen, “Olg‘a” partiyasi yetakchisi, sotsial-liberal Emmanuel Makron, o‘ng markazchilarning “Respublikachilar” partiyasidan nomzod Fransua Fiyon, “Sotsialistik partiya” praymerizi g‘olibi Benua Amon va o‘ta so‘llar vakili, “Bo‘ysunmagan Fransiya” asoschisi Jan-Lyuk Melanshon.

Efir tugaganidan so‘ng BFMTV telekanali buyurtmasiga muvofiq o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, bu munozarada hammadan ko‘p ishontira olgan nomzod Makron bo‘ldi (29%). Undan keyingi o‘rinlarni Melanshon (20%), Le Pen (19%), Fiyon (19%) va Amon (11%) egalladi. Kanal ekspertlari “Bo‘ysunmagan Fransiya” yetakchisi Jan-Lyuk Melanshon va “Respublikachilar”dan nomzod Fransua Fiyonni eng yaxshi deb topdi.

Опубликовано: admin (21-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют