» » Foto: Taniqli turk aktyorlari yozgi ta’tilni qayerda o‘tkazmoqda?

Foto: Taniqli turk aktyorlari yozgi ta’tilni qayerda o‘tkazmoqda?


Jazirama ta’til olish va yil davomidagi charchoqni chiqarish uchun yaxshi bahona. Serial va kinolarda tinimsiz suratga tushib muxlislar kayfiyati ko‘tarilishiga sababchi bo‘lgan shou-biznes vakillari esa ushbu imkoniyatdan unumli foydalanmoqda.

Kivanch Tatlitug‘

“Kumush” hamda “Jasur va go‘zal” seriallari yulduzi Kivanch Tatlitug‘, Bodrumdan uzoq bo‘lmagan yerdan 20-30 million turk lirasiga villa xarid qilgan.

Burak O‘zchivit va Fahriye Evjan

Yulduzli juftlik 2019-yilda Bodrum kurorti yaqinida joylashgan, hovuzi bor uyni 90 ming dollarga xarid qilgan. Ikki nafar yordamchi, bog‘bon, enaga va haydovchi faoliyat yuritadigan ushbu uy hududida xizmatchilar uchun ham alohida uycha bor. Juftlik dam olish uchun Istanbuldan Porsche mashinasi va VIP mikroavtobusida tashrif buyurgan. Dengizga istalgan vaqtda chiqish qulay bo‘lishi uchun kater (kichik kema) xarid qilgan Burak kunning birinchi qismida Egey dengizida baliq ovlash bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Seda Bakan va Ali Erel

Seda Bakan va uning turmush o‘rtog‘i Ali Erel, yozni Bodrumda joylashgan va 3 million turk lirasiga xarid qilingan uyida o‘tkazmoqda. Juftlik ta’tilga, avgustda bir yoshni qarshilaydigan qizi Leyla bilan birgalikda jo‘nab ketgan.

Ebru Shahin

“Istanbullik kelin”, “Beqaror” filmlaridagi ijrosi bilan o‘zbek muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan Ebru Shahin, dam olish uchun Alachatidan 1,5 million turk lirasiga villa sotib olgan.

O‘zjan Deniz

“Ishkomli uy”, “Iyun oqshomi” singari seriallardagi bosh qahramon roli bilan muxlislar qalbidan joy olgan O‘zjan Deniz ham dam olish uchun Bodrumni afzal bilgan. U Yalikavak villasini 6 million turk lirasiga xarid qilgan.

Enis Arikan

Aktyor Enis Arikan, Chashmada joylashgan uylardan birini dam olish uchun 1, 500 turk lirasiga xarid qilgan va aktrisa Ezgu Mola bilan qo‘shni bo‘lgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют