» » Anjey Duda Polsha prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida g‘alaba qozondi

Anjey Duda Polsha prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida g‘alaba qozondi


Polshaning amaldagi prezidenti Anjey Duda prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida 51,21 foiz ovoz to‘pladi. Bu haqda Polsha Davlat saylov komissiyasi 99 foiz byulletenlarni hisoblab chiqish natijasida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Dudaning raqibi — Varshava meri Rafal Tshaskovskiy esa 48,79 foiz ovoz to‘plagan.

Mamlakat Saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, hali sanalmagan ovozlar saylov natijalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Komissiya ovoz berish jarayonlarining yakuniy natijalari qachon taqdim etilishiga oydinlik kiritmagan.

Prezidentlik saylovlarining ikkinchi turida ovoz beruvchilarning 68,12 foizi ishtirok etgan. Bu 1989-yildan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Rafal Tshaskovskiy tarafdorlarining Reuters’ga ma’lum qilishicha, ular ovoz berish jarayonidagi qonunbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumotlarni yig‘moqda.

Polshada prezidentlik saylovlarining birinchi turi 28-iyun kuni bo‘lib o‘tgan edi. Unda Dudani saylovchilarning 43,5 foizi qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, Tshaskovskiyda ushbu ko‘rsatkich 30 foizdan biroz oshgan.

Eslatib o‘tamiz, Polshada prezidentlik saylovlari 10-may kuni o‘tkazilishi kerak edi, biroq saylovlar “muxolifot tomonidan bu yilgi prezidentlik saylovlarini konstitutsiyada belgilangan muddatda o‘tkazish imkonini beruvchi barcha konstruktiv takliflarni qabul qilishdan bosh tortgani munosabati bilan qoldirilgan edi. Amaldagi prezident Anjey Duda 2015-yilgi saylovlarda 51,55 foiz ovoz to‘plab g‘olib chiqqan edi.

Mavzuga doir: Polsha prezidenti o‘n uchinchi pensiya haqidagi qonunni imzoladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют