» » Rossiyada so‘nggi bir sutkada koronavirus bemorlarining 104 nafari vafot etdi

Rossiyada so‘nggi bir sutkada koronavirus bemorlarining 104 nafari vafot etdi


Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabning 13-iyul kungi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada so‘nggi sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 6537 ta yangi holat qayd etildi, deb xabar bermoqda Meduza.

Bir kun avval 6615 ta yangi holat aniqlangani xabar qilingandi. Koronavirus Rossiyada tarqala boshlaganidan beri kasallik qayd etilganlarning umumiy soni 733 699 nafarga yetgan.

So‘nggi sutkada aniqlangan kasallanish holatlarining eng ko‘pi Moskva (672 kishi) va Sankt-Peterburg (291 kishi) shaharlarida hamda Xanti-Mansiysk avtonom okrugida (270) qayd etilgan.

Shu kuni Rossiyada koronavirus bemorlarining 104 nafari vafot etgan, epidemiya boshlanganidan buyon esa 11 439 kishi virus qurboni bo‘lgan.

Mamlakatda so‘nggi sutkada 2960 kishi tuzalgan. Sog‘ayganlarning jami soni 504 021 nafarni tashkil qilmoqda.

“Rospotrebnadzor” bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusni aniqlash bo‘yicha so‘nggi bir sutkada 261 mingta test o‘tkazilgan bo‘lsa, shu paytga qadar o‘tkazilgan testlar soni 23,2 milliontadan oshgan.

Mamlakat koronsavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют