» » O‘zbekistonda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mobil guruhlar tarkibidan kimlar joy olishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi mobil guruhlar tarkibidan kimlar joy olishi ma’lum qilindi


O‘zbekistonda uy sharoitida davolanayotgan bemorlar va karantindagi shaxslarga (joyiga chiqib) tibbiy yordam ko‘rsatuvchi mobil guruhlarga infeksionist shifokor, epidemiolog va umumiy amaliyot shifokorlari jalb etiladi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusdan uy sharoitida davolanayotganlarga tibbiy yordam berish uchun mobil guruhlar tashkil etiladi

Uy sharoitida koronavirus kasalligini simptomsiz yoki yengil kechayotgan holatlarda bemorlarni ko‘zdan kechirish, salomatligida u yoki bu o‘zgarishlar kuzatilsa, yakuniy tashxis qo‘yish, shifoxonaga o‘tkazish yoki uy sharoitida qoldirish masalasiga aniqlik kiritish uchun mobil guruhlar faoliyat yuritadi.

Mobil guruhlar tarkibidagi shifokorlar koronavirus yuqtirgan bemorlar bilan bevosita muloqotda bo‘lish ehtimolidan kelib chiqib o‘rnatilgan tartib asosida qo‘shimcha mablag‘ olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 5-iyuldan boshlab koronavirusga chalingan ayrim toifa bemorlar o‘z uyida davolanishi mumkin bo‘ladi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etadigan shifokorlar va boshqa xodimlar har 14 kunlik faoliyat davri uchun Prezident tomonidan maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan. Unga ko‘ra, vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m; o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m; kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m; boshqa xodimlarga — 5 million so‘m. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘mdan to‘lanadi.

Mavzuga doir:  



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют