» » “Real” La Ligada XXI asr rekordini o‘rnatdi

“Real” La Ligada XXI asr rekordini o‘rnatdi


“Real” Ispaniya chempionatining 36-turida “Granada” maydoniga safar qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 10-daqiqada Ferlan Mendi tomonidan ochildi. Bu himoyachi uchun Madrid klubi safidagi 1-gol bo‘ldi.

Shu tariqa Mendi “Real” safida La Liganing 2019/20-yilgi mavsumida gol urgan 21-o‘yinchiga aylandi. Bleacher Report xabariga ko‘ra, bir mavsum davomida bir jamoa safida buncha ko‘p futbolchining gol urishi XXI asrda ilk marta qayd etildi.

“Qirollik klubi” musobaqa yakunlanishiga 2 tur qolganida 83 ochko bilan musobaqa jadvalini boshqarmoqda. Jamoa 2-o‘rinda borayotgan “Barselona”ni 4 ochkoga (79) ortda qoldirmoqda. Keyingi turdagi g‘alaba madridliklarni chempionga aylantiradi.

Mavzuga doir: “Real” La Ligada 14 yil oldingi ko‘rsatkichini takrorladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют