» » “Real” La Ligada 11 yil avvalgi natijasini takrorladi

“Real” La Ligada 11 yil avvalgi natijasini takrorladi


Madridning “Real” klubi Ispaniya La Ligasining 36-turidan o‘rin olgan bahsda “Granada”ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Bu “qaymoqranglilar” uchun ushbu mavsum davomida qo‘lga kiritilgan kichik hisobdagi 11-g‘alaba bo‘ldi. Zinedin Zidan qo‘l ostidagi jamoa shularning oltitasida 1:0, to‘rttasida 2:1, bittasida esa 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Qayd etish joiz, oxirgi marta “Real” bilan bunday holat 2008/09-yilgi mavsumda yuz bergan. O‘shanda Madrid klubi “Barselona”dan 9 ochkoga ortda qolgan holda, musobaqani 2-o‘rinda yakunlagan.

2019/20-yilgi mavsumda esa “Real” 36-turdan keyin 83 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa 2-pog‘onadagi “Barselona”dan 4 ochkoga ilgarilab ketgan.

Mavzuga doir: “Real” La Ligada 14 yil oldingi ko‘rsatkichini takrorladi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют