» » Qozog‘istonda bir million kishining oziq-ovqati uchun pul ajratiladi

Qozog‘istonda bir million kishining oziq-ovqati uchun pul ajratiladi


Favqulodda holat davrida bo‘lgani kabi bir million qozog‘istonlikning oziq-ovqat mahsulotlari uchun pul to‘lab beriladi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Asqar Maminga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

“Hukumat rahbari favqulodda holat davridagi kabi aholining alohida qatlamiga — bir milliondan ortiq qozog‘istonlikka moddiy yordam ko‘rsatish topshirig‘ini berdi.

Shuningdek, 2020-yilning uchinchi choragidagi mavjud ma’lumotlar asosida 128 ming oilaga manzilli ijtimoiy yordam tayinlash, bundan tashqari, 30 ming kishining avtomatik ravishda karantin davriga to‘g‘ri keladigan nogironlik muddatini uch oyga uzaytirish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi”, — deydi Mamin.

Bosh vazir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat yomonlashganda biznes va aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishni ham topshirgan. Shu bilan birga, inflyatsiyani 8-8,5 foizgacha ushlab turish uchun budjet mablag‘larini samarali sarflash va pul-kredit siyosatini yuritish zarurligi ta’kidlangan.

Avvalroq Qozog‘istonda karantin cheklovlari iyul oyining oxirigacha uzaytirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 13-iyul — koronavirus infeksiyasidan vafot etgan fuqarolar xotirasi uchun motam kuni deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan koronavirus pandemiyasi qurboniga aylangan fuqarolar xotirasiga butun mamlakat bo‘ylab Nur-Sulton vaqti bilan soat 12:00 da bir daqiqalik sukut saqlandi.

Mavzuga doir: Qozog‘iston prezidenti mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlanishida Sog‘liqni saqlash vazirligini aybladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют