» » Koronavirusga qarshi antitanalar inson organizmida 3 oygacha saqlanib qolishi mumkinligi aytildi

Koronavirusga qarshi antitanalar inson organizmida 3 oygacha saqlanib qolishi mumkinligi aytildi


Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov koronavirusdan tuzalgan bemorlarda 3 oygacha antitanalar saqlanib qolishini aytdi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusdan tuzalganlarning qon zardoblarini bemorlarga quyish tajribasi bekor qilindi

AOKA huzuridagi shtabda tashkil etilgan brifingda koronavirus bilan kasallanib sog‘aygan bemorlarda immunitet paydo bo‘lishi borasidagi savolga mutaxassis qisqacha izoh berib o‘tgan.

Unga ko‘ra, koronavirusdan sog‘aygan bemorda kasallikka qarshi antitanalar hosil bo‘lishi isbotlangan. Buning natijasida kasallangan organizmda virusga qarshi immunitet yaratiladi.

Chet ellik mutaxassislarning ta’kidlashicha, immunitet o‘rtacha 3 oygacha saqlanib qoladi, bu vaqt ichida qayta kasallanganlar aniqlanmagan. Immunitet saqlanib qolish davri tugagandan keyin ham virus yuqtirganda, bemor organizmida genlar darajasida kasallikka qarshi antitanalar ishlab chiqarish qobiliyati “xotirasi” saqlanib qoladi va kasallik nisbatan yengil o‘tishi bildirilmoqda.

Aynan ana shu antitanalarni aniqlash bo‘yicha Respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich IFA tahlilini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Buning natijasida aholi orasida guruh immunitetining foizini aniqlash orqali karantin choralarini rejalashtirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov virusli kasalliklar, ayniqsa, respirator kasalliklar bilan og‘rigan odamlarda hosil bo‘lgan immun tizimi orttirilgan immunitet hisobiga ushbu kasallik bilan qayta kasallanishga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidlagan.  Shuningdek, Maxsus komissiya tomonidan kerakli sharoitlarga ega bo‘lgan xususiy sektorda faoliyat ko‘rsatuvchi laboratoriyalarga ham koronavirusni aniqlovchi polimeraz zanjir reaksiyasi (PZR), immunoferment tahlil (IFA) va IXLA tahlillarini o‘tkazish huquqi berilgani qayd etilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 39) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют