» » Shavkat Mirziyoyev: Koronavirusga qarshi kurash uchun bizda barcha zaxira va imkoniyatlar mavjud

Shavkat Mirziyoyev: Koronavirusga qarshi kurash uchun bizda barcha zaxira va imkoniyatlar mavjud


Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-iyul, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga yana bir bor alohida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni ko‘payib borayotgani munosabati bilan karantin talablarini yana kuchaytirishga majbur bo‘linganini ta’kidladi.

Mavzuga doir: “Bu juda murakkab sinov va og‘ir kurash bo‘ladi” — Shavkat Mirziyoyev koronavirus masalasida mamlakat aholisiga murojaat qildi

Nega deganda, ochiq aytish kerak, hozirgi kunda butun dunyo koronavirus deb nom olgan mana shu tilsiz yov, ko‘zga ko‘rinmas dushmanga qarshi urush holatida turibdi.

Urushga kirgan har qaysi davlat, har qaysi xalq o‘z yurtini, o‘z aholisini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘radi. Eng avvalo, xavf-xatarning yo‘lini berkitadi, temir intizom o‘rnatadi.

Qat’iy safarbarlik sharoitida yashash va ishlashga o‘tadi. Bugun biz ham ayni shunday holatdamiz.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan vaziyat muntazam tahlil qilinib, infeksiyani jilovlash yuzasidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu kasallikka qarshi kurash uchun bizda barcha zaxira va imkoniyatlar mavjud.

Eng muhimi, fidoyi va jasur shifokorlarimiz o‘z burchini sadoqat va matonat bilan bajarmoqda.

Takror aytaman, biz endi pandemiya sharoitida yashashga, mehnat qilishga o‘rganishimiz shart. Chunki hayot davom etmoqda. Hayot bizdan aql-idrok, sabr-toqat, metin intizom bilan harakat qilishni talab etmoqda.

O‘zimiz ko‘ryapmiz, dunyoda qaysi davlatda tibbiy madaniyat, tartib-intizom kuchli bo‘lsa, o‘sha mamlakat pandemiyadan eng kam talafot bilan chiqmoqda.

Biz ham shu yo‘ldan borishimiz shart. Albatta, o‘tgan 4 oy davomida odamlarimiz ko‘p narsaga o‘rgandi. Bizda ham ma’lum bir tajriba paydo bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasi 10-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning mavjud sog‘liqni saqlash muassasalari quvvati koronavirusga chalingan yangi bemorlarni qabul qilish uchun yetarli emasligi, “tizimni qayta tiklash” uchun 1-avgustgacha kuchaytirilgan karantin tartibi qaytadan joriy etilganini ma’lum qilgan edi.

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, professor Habibulla Oqilov 8-iyul kuni qilgan chiqishida O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar “poyoniga yetgani”, bo‘sh koyka-o‘rinlar qolmaganini ma’lum qilgan edi. 9-iyuldagi brifingda esa Oqilov koyka-o‘rinlar, dori zaxirasi mavjudligini, tizim har qancha bemorni qabul qila olishini ta’kidladi.

Professor Habibulla Oqilovning ta’kidlashicha, agar O‘zbekistonda kuniga 1-1,5 mingta kasallanish holati aniqlansa, sog‘liqni saqlash tizimi qo‘shni mamlakatlarniki kabi qulaydi. O‘zbekistonda 13-iyul kuni 594 kishida koronavirus aniqlandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Zangiotadagi maxsus klinika ochilganiga bir hafta bo‘lmasdan bemorlarga to‘lib bo‘ldi. Agar kasallar sonining oshishi shu tarzda davom etsa, boshqa klinikalar ham koronavirusni davolash uchun moslashtirilishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovning fikricha, O‘zbekistonda koronavirus hali eng yuqori cho‘qqisiga chiqmagan, O‘zbekistonda koronavirus avj olsa, tibbiyot og‘ir vaziyatga tushib qolishi mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют