» » Superliga. “Lokomotiv” o‘z uyida yengildi, “Nasaf” Qo‘qonda jangovar durang qayd etdi

Superliga. “Lokomotiv” o‘z uyida yengildi, “Nasaf” Qo‘qonda jangovar durang qayd etdi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 9-turidan o‘rin olgan 14-iyul, seshanba kungi bahslar yakunlandi.

Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi o‘z uyida “Mash’al”ni qabul qildi. Uchrashuvning 71-daqiqasida mehmonlar o‘yindagi yagona golni urdi. Najmiddin Normurodov jarima to‘pidan ayyorona zarba yo‘llab darvozabonni dog‘da qoldirdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng muborakliklar ochkolarini 9 taga yetkazib oldi va 10-o‘ringa ko‘tarildi. “Lokomotiv” (12) esa 8-pog‘onada bormoqda.

Parallel kechgan bahsda “Qo‘qon-1912” va “Nasaf” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. 54-daqiqada Sharof Muhitdinov uzoq masofadan qo‘qonliklar darvozasini ig‘ol qildi. 62-daqiqada maydon egalarining markaziy himoyachisi Bobur Akbarov muvozanatni tikladi.

84-daqiqada Oybek Bozorov “Qo‘qon” himoyasidagi xatodan unumli foydalanib, qarshiliklarning navbatdagi golini urdi. Biroq oradan ikki daqiqa o‘tib, Akbarov yana bir marta hisobni tenglashtirdi.

Ushbu natijadan so‘ng Baxtiyor Ashurmatov jamoasi 16 ochko bilan 4-pog‘onada qoldi. Xuddi shuncha ochko to‘plagan “Nasaf” 6-o‘rinda bormoqda.

9-turdan so‘ng musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:

Coca-Cola Superliga

9-tur bahslari

14-iyul, seshanba

Gollar: 0:1 – 71 Normurodov.

“Lokomotiv”: 1.Ignatiy Nesterov, 4.Shahzod Shaymanov (22.Kamron Saidazimov, 77), 5.Slavko Damyanovich, 6.Davron Umirov (8.Vadim Afonin, 46), 7.Kaxi Maxaradze, 9.Kirill Pogrebnyak (18.Ibrohim G‘anixonov, 77), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov, 19.Avazbek O‘lmasaliyev (70.Oybek Qilichev, 68), 28.Shuhrat Muhammadiyev (25.Javohir Alijonov, 68), 37.Sherzod Fayziyev, 80.Farruxjon Ibrohimov.

“Mash’al”: 35.Rahimjon Davronov, 5.Najmiddin Normurodov, 6.Sirojiddin Rahmatullayev, 7.Ifeani Ifeani (11.Mo‘minjon Meliyev, 66), 9.Nikita Pavlenko (77.Ibrohim No‘‘monov, 77), 10.Sherzod Temirov, 14. Ella Ken Armand (8.Ahror Inoyatov, 80), 17.Jamoliddin Ubaydullayev, 18.Abbos Shodmonov, 22.Sirojiddin Qo‘ziyev, 23.Samandar Shukurillayev.

Ogohlantirishlar: Maxaradze (20), Pavlenko (22), Ibrohimov (43), Shaymanov (50), Afonin (63).

Gollar: 0:1 – 54 Muhitdinov, 1:1 – 62 Akbarov, 1:2 – 84 Bozorov, 2:2 – 86 Bozorov.

“Qo‘qon-1912”: 21.Muzaffar Abdullayev, 3.Bobur Akbarov, 7.Shohnazar Norbekov (17.Muzaffar Muzaffarov, 66), 9.Suhrob Berdiyev (19.Xamidullo Abduhamidov, 85), 10.Quvondiq Ro‘ziyev (22.Muhammadanas Hasanov, 85), 13.Sardor Azimov, 15.Oybek Rustamov, 20.Iqbol Malikjonov, 23.Aleksandr Merzlyakov, 70.Murod Xolmuhammedov, 91.Yakuba Bamba (69.Filipp Rayevats, 59).

“Nasaf”: 21.Mashhur Muhammadjonov (35. Abduvohid Nematov, 66), 5.G‘olib G‘aybullayev, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Jo‘rabek Mannonov (8.Dilshod Saitov, 82), 19.Husain Norchayev, 20.Islom Kenjaboyev (10.Bobir Abdixoliqov, 64), 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoyevich (9.Xaris Dilaver, 82), 92.Umar Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: Mozgovoy (6), Berdiyev (26), Xolmuhammedov (26).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют