» » Toshkentda koronavirusga chalingan er-xotin vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 67 taga yetdi

Toshkentda koronavirusga chalingan er-xotin vafot etdi. O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 67 taga yetdi


Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi koronavirusga chalingan er-xotin 68 yoshli K.A va 67 yoshli S.A. vafot etdi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, mazkur tumanda yashovchi 68 yoshli K.A. (erkak) va uning turmush o‘rtog‘i 67 yoshli S.A. tana harorati 38 darajagacha ko‘tarilishi, umumiy holsizlik sababli 2020-yilning 5-iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Bemorlardan COVID-19 infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan.

Ularga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga olib kelinib, reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Har ikki bemorda o‘tkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgani sababli sun’iy nafas oldirish apparatiga olingan. Ularga COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorlarning davolanishi davomida tibbiyot xodimlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan er-xotin bemorlarning ahvoli keskin og‘irlashgan, ular o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etgan. SSV axborotida bemorlarning qachon vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

Er-xotin bemorlar O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan 66 va 67-qurbonlarga aylandi. Avval 29-iyunda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi koronavirus infeksiyasiga chalingan 72 yoshli otaxon Q.R., bir kundan keyin otaxonning turmush o‘rtog‘i 70 yoshli onaxon F.O. o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgandi. 14-iyul kuni Toshkentda koronavirusga chalinib, 10 kun uyida davolangan 61 yoshli erkak, Qashqadaryoda koronavirusga chalingan 56 yoshli erkakning vafot etgani haqida xabarlar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют