» » Toshkentda koronavirusga chalingan 60 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlari soni 63 nafarga yetdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 60 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda COVID-19 qurbonlari soni 63 nafarga yetdi


Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida Toshkent shahrida yashovchi koronavirusga chalingan 60 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, Toshkent shahrida yashovchi 60 yoshli B.E. 2020-yilning 6-iyul kuni ertalab qon bosimi yuqori bo‘lib, gapirmay qo‘yganligi sababli tez tibbiy yordam mashinasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan.

Unda COVID-19 infeksiyasi tasdiqlangan va bemor o‘ta og‘ir ahvolda sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan holda Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasiga o‘tkazilgan.

B.E.ga COVID-19 infeksiyasi og‘ir kechishi hamda insult tashxisi qo‘yilgan. Xastalik miya shishi, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi hamda koma asoratlari bilan kechgan.

Bemor bundan avval, bir necha yillardan buyon gipertoniya, qandli diabet bilan og‘rigan, 2019-yilda insultni o‘tkazgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar, jumladan, Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan va u o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etgan, deyiladi SSV xabarida.

Toshkentlik 60 yoshli B.E. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan 63-bemor bo‘ldi. Avval Uchtepa tumanida yashovchi 65 yoshli S.Q. ismli ayolning o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etgani xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют