» » Toshkentda 86 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. U O‘zbekistonda COVID-19’ning eng keksa qurboni bo‘ldi?

Toshkentda 86 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. U O‘zbekistonda COVID-19’ning eng keksa qurboni bo‘ldi?


Toshkentda koronavirus infeksiyasiga chalingan 86 yoshli bemor ayol miya shishi, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

Xabarda qayd etilishicha, Chilonzor tumanida yashovchi 86 yoshli Z.R. 2020-yil 19-iyun kuni qon bosimi yuqoriligi, nutqi o‘zgarishi, qo‘l va oyoqlardagi kuchsizlik sabab Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

27-iyun kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli ushbu markazning jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan.

Unga insult, bosh miya shishi, gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, o‘tkir yurak va nafas yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

Koronavirusga chalingan ushbu bemor 20 yildan ortiq vaqt mobaynida gipertoniya kasalligi bilan og‘rib kelgan.

Markaz mutaxassislari tomonidan qator konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilib, davolashning doimiy nazorati ta’minlangan. Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramay bemor miya shishi, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan. SSV xabarida bemorning qaysi sanada olamdan o‘tganiga aniqlik kiritilmagan.

Bungacha O‘zbekistonda 36 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-07-2020, 00:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют