» » Jizzaxda koronavirusdan vafot etgan otaxonning rafiqasi ham kasallik asoratlaridan hayotdan ko‘z yumdi

Jizzaxda koronavirusdan vafot etgan otaxonning rafiqasi ham kasallik asoratlaridan hayotdan ko‘z yumdi


Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida yashovchi koronavirus infeksiyasiga chalingan 70 yoshli onaxon F.O. o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

70 yoshli onaxonning turmush o‘rtog‘i, 72 yoshli otaxon Q.R. koronavirusdan vafot etgani haqida 29-iyun kuni SSV xabar bergandi.

SSVning ma’lum qilishicha, F.O. 20-iyun kuni koronavirusga gumon qilinib, karantinga olingan edi. 23-iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali bronxit va surunkali yurak yetishmovchiligi, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi” tashxisi qo‘yilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, bo‘yin umurtqalari osteoxondrozi tashxisi bilan davolanib kelgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mahalliy shifokorlar bilan bir qatorda O‘zbekistondagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining malakali shifokorlari tomonidan ham nazoratga olinib, konsiliumlar o‘tkazilgan.

So‘nggi kunlarda bemorning nafas, yurak va o‘pka yetishmovchiligi sababli ahvoli keskin og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga olingan.

Biroq mutaxassislarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Jizzaxlik onaxon koronavirusdan vafot etgan O‘zbekistondagi 25-bemor bo‘ldi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-06-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют