» » O‘zbekistonda 29-iyun kuni 274 kishida koronavirus aniqlandi. Buxoro va Jizzaxda ilk o‘lim holatlari qayd etildi

O‘zbekistonda 29-iyun kuni 274 kishida koronavirus aniqlandi. Buxoro va Jizzaxda ilk o‘lim holatlari qayd etildi


O‘zbekistonda 28-iyun soat 23:30 dan 29-iyun soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 274 ta holat qayd etildi.

Yangi kasallanganlarning

29-iyun davomida 167 nafar fuqaro sog‘aydi. Ulardan 115 nafari Toshkent shahrida, 22 nafari Surxondaryo viloyatida, 12 nafari Buxoro viloyatida, 11 nafari Namangan viloyatida va 7 nafari Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasalarida sog‘ayib chiqdi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 8222 nafar bemordan 5496 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

29-iyun kuni bir kun oldingidek koronavirus asoratlaridan ikki kishi vafot etdi. Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan M.S. ismli ayol koronavirus infeksiyasida gumonlanib, 21-iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasidan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan.

U “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, semizlik 3-darajasi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi. Nafas yetishmovchiligi 3-daraja” tashxisi bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemor bundan avval, so‘nggi 8 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, arterial gipertoniya, yurak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan.

58 yoshli ayol o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu Buxoroda kasallik tufayli qayd etilgan ilk o‘lim holati bo‘ldi.

Jizzax viloyatida ham koronavirus asoratlaridan birinchi o‘lim yuz berdi. Sharof Rashidov tumanida yashovchi 72 yoshli otaxon Q.R. joriy yil 20-iyun kuni koronavirusga gumon qilingan va karantin muassasasiga tibbiy kuzatuvga olingan. 22-iyun kuni esa Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Unda 25-iyun kuni koronavirus aniqlangan. Bemorga “Koronavirus infeksiyasi og‘ir kechishi, chap tomonlama bronxopnevmoniya, nafas yetishmovchiligi 2-daraja” tashxisi, shuningdek, “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet og‘ir kechishi” qo‘shimcha tashxisi ham qo‘yilgan.

Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya va qandli diabet tashxisi bilan davolanib yurgan. So‘nggi kunlarda nafas, yurak va o‘pka yetishmovchiligi sababli bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan hamda tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir miokard infarkti, o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Jizzaxlik otaxon O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 24-bemor bo‘ldi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2702 nafar bemordan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 40 293 nafar, statsionar karantinda esa 23 485 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют