» » Buxoroda birinchi marta koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar soni 23 nafarga yetdi

Buxoroda birinchi marta koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar soni 23 nafarga yetdi


Buxorolik koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi, 1962-yilda tug‘ilgan M.S. ismli ayol koronavirus infeksiyasida gumonlanib, joriy yil 21-iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasidan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib kelingan.

U “Yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, gipertoniya kasalligi, semizlik 3-darajasi, o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi. Nafas yetishmovchiligi 3-daraja” tashxisi bilan reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.

Bemor bundan avval, so‘nggi 8 yil davomida yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, arterial gipertoniya, yurak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli Buxoro viloyatidagi shifokorlar bilan bir qatorda O‘zbekistondagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining mutaxassislarining ham nazoratida bo‘lib, ular ishtirokida konsiliumlar o‘tkazib kelingan.

“Biroq mutaxassislarimizning standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi”, — deyiladi SSV xabarida.

Bu Buxoroda kasallik tufayli qayd etilgan ilk o‘lim holati bo‘ldi. Buxorolik ayolning o‘limidan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlar soni 23 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, 28-iyun kuni Toshkentda ikki kishi kasallikdan vafot etgani xabar qilingandi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют