» » Koronavirusning O‘zbekistondagi 18-qurboni: Toshkentda 76 yoshli otaxon kasallik asoratlari oqibatida vafot etdi

Koronavirusning O‘zbekistondagi 18-qurboni: Toshkentda 76 yoshli otaxon kasallik asoratlari oqibatida vafot etdi


Toshkentda koronavirusga chalingan 76 yoshli erkak vafot etdi, deya 8-iyun kuni xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Bu koronavirusning O‘zbekistondagi 18-qurbonidir.

Ma’lum bo‘lishicha, Uchtepa tumanida yashovchi X. ismli fuqaroda 28-may kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan, u Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi. 31-may kuni bemorning ahvoli og‘irlashib, reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan.

“Ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramay, sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.

Qayd etishlaricha, vafot etgan bemor uzoq yillar davomida gepatit, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.

“Ayni paytda marhumning turmush o‘rtog‘i, farzandi va nabiralarida ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan. Ularga shifokorlarimiz tomonidan davo muolajalari ko‘rsatilmoqda” ,— deya qo‘shimcha qilgan SSV.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют