» » O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni 16 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni 16 nafarga yetdi


Toshkentda koronavirusga chalingan 72 yoshli erkak 3-iyun kuni vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkentlik M.da 2-iyun kuni COVID-19 aniqlanib, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan edi. 72 yoshli bemor uzoq yillardan buyon yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi, qandli diabetning ikkinchi turi tashxisi bilan davolanib kelgan. 2000 va 2019-yillarda u ikki marta miokard infarktini o‘tkazgan.

Bemorning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli O‘zbekistondagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Bundan tashqari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazib turilgan. Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan jonlantirish bo‘limida sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etdi.

Ushbu o‘lim holatidan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan bemorlar soni 16 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida 15 kishi vafot etgan edi. 3-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 3815 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 3014 nafari tuzalishga muvaffaq bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют