» » O‘zbekistonda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni to‘qqiz nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni to‘qqiz nafarga yetdi


Toshkentda joylashgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga 15-aprel kuni bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi (insult) bilan 1959-yilda tug‘ilgan G. ismli bemor yotqizilgan. O‘tkazilgan diagnostik tahlillardan so‘ng bemorda “COVID-19” koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Shundan so‘ng, bemor ixtisoslashgan tibbiy yordam berish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga og‘ir holatda o‘tkazilgan.

“Bemorda bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, gipertoniya kabi qator xastaliklar bo‘lganligi sababli davolanish og‘ir kechib, 14 kun sun’iy nafas olish apparatida bo‘lgan. Bundan avval , ya’ni 2-fevralida u ilk bor bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi ( insult) tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan va davolanib chiqqan”, – deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Ma’lum qilinishicha, 61 yoshli bemor davolanish davomida kunlik ahvoli video muloqotlar orqali xorijlik va o‘zbekistonlik mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Ular tomonidan muntazam konsiliumlar o‘tkazib kelingan.

Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

Bu O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorning vafot etishi bilan bog‘liq sakkizinchi holatdir. Bungacha

vafot etgani ma’lum qilingan edi.

O‘zbekistonda 29-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2002 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 1096 nafari esa sog‘aygan. Xorijda 73 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan (eng ko‘pi — 42 nafari Rossiyada), ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют