» » Mont Blanc xususiy klinikasidagi o‘lim holatlari yuzasidan prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Mont Blanc xususiy klinikasidagi o‘lim holatlari yuzasidan prokuratura tekshiruv olib bormoqda


1976-yilda tug‘ilgan bemor L.A. Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashgan Mont Blanc xususiy klinikasiga burun to‘sig‘idagi qiyshayish shikoyati bilan murojaat qilgan. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uning roziligi bilan klinikada tashqi burun deformatsiyasi va burun to‘sig‘i qiyshayishini to‘g‘irlash bo‘yicha shifokorlar tomonidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, burun to‘sig‘i qiyshayishi to‘g‘irlangan.

Jarrohlik amaliyotidan so‘ng bemor mustaqil nafas olishga o‘tkazilgan va unga antibakterial davo maqsadida tibbiy muolajalar ko‘rsatilgan.

Shundan so‘ng bemorning ahvoli keskin og‘irlashgan va chuqurlashtirilgan tekshirishlar o‘tkazish maqsadida RShTYoIMga olib borilgan.

Markaz shifokorlari tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan bemor shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Sud tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, L.A.ning o‘limi “bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi natijasida yuzaga kelgan chap bosh miya yarim sharlari asosi gemorrogik insulti”dan yuz berganligi qayd qilingan.

Bundan tashqari, bemor Sh.G.ga (1999-yilda tug‘ilgan) Mont Blanc xususiy shifoxonasida jarrohlik amaliyoti o‘tkazish vaqtida unga yuborilgan narkoz noto‘g‘ri ta’sir qilishi natijasida ahvoli og‘irlashgan va uni zudlik bilan Olmazor tumanida joylashgan Akfa Medline xususiy shifoxonasiga olib kelinib, kerakli tibbiy muolajalar amalga oshirilganligiga qaramasdan, bemor Sh.G. ushbu shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Hozirda ikkala holat yuzasidan Shayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Mont Blanc xususiy klinikasida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Mavzuga doir: Toshkentdagi plastik jarrohlik klinikasida 5 kun ichida ikki bemor ayol vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2019, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют