» » Janubiy Koreya shifokorlari Farg‘onada tibbiy ko‘rik o‘tkazdi

Janubiy Koreya shifokorlari Farg‘onada tibbiy ko‘rik o‘tkazdi


Janubiy Koreyaning Chonnam tibbiyot instituti ko‘ngillilar guruhi shifokorlari Farg‘ona viloyatida ehtiyojmand oilalarda yashovchi, yuqori malakali tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan bemorlarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida koreyalik yetakchi kardiolog, tibbiy reabilitatsiya vrachi, oftalmolog, travmatolog-ortoped, stomatolog, radiolog, otirinolaringolog kabi mutaxassislar tomonidan aholini beg‘araz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, operatsion usullar bilan davolash va boshqa tibbiy xizmatlar ko‘rsatildi.

Dastlab bemorlarga zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida tashxis qo‘yilib, ularga shifokorlar tavsiyasi bilan 14 yo‘nalishdagi 600 xil tibbiy dori-darmon vositalari bepul tarqatildi.

Koreyalik tajribali mutaxassislar ishtirokida chanoq son bo‘g‘imini endoprotezlash, burun septoplastikasi, gaymorotamiya bo‘yicha jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rik davomida xorijlik shifokorlar tomonidan zarur tavsiya va maslahatlar berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют